Abituriyentlar uchun OTMlarda sirtqi taʼlim shaklida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?


2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:

  • Umumtaʼlim muassasalarida ishlayotgan, oliy pedagogik maʼlumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun bakalavriatning sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha alohida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi.
  • Pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi OTMda “5520100 – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)" bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun sirtqi taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.
  • Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati institutida maxsus sirtqi taʼlim tashkil etiladi.
  • Respublika OTMning “5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)" hamda “5410500-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)" taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatning kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.