Ayrim pedagogika yo‘nalishlarida staj bo‘lmasa ham sirtqi ta’limga hujjat topshirishga ruxsat berildi
Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan quyidagi yo‘nalishlarning sirtqisiga esa istalgan abituriyentlar hujjat topshira oladi:
- Pedagogika;
- Maktabgacha taʼlim;
- Tarix;
- Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport;
- Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi.
Ushbu ta’lim yo‘nalishlarining sirtqisiga hujjat topshirish uchun pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish staji talab etilmaydi.