Respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni - 2 avgustda o‘tkazildi.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Facebook’dagi sahifasida xabar berishicha, test sinovlarini o‘tkazishga ta`lim muassasalaridan test sinovlari o‘tkazish tartib-qoidalari va texnologiyasi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 2 ming 406 nafar guruh nazoratchilari jalb etildi.“Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim binolarda abituriyentlar kuzatuv kameralaridan uzoqda joylashgan, kameraga yaqin joylar bo‘sh turibdi, degan xabar tarqaldi. Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlari mutaxassislari bilan birga holat o‘rganildi hamda abituriyentlar kuzatuv kameralariga yaqin joylashtirildi", - deya yozadi A.Abduhakimov.
2 avgust test natijalari 3 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e`lon qilinadi.