2017-yil iyun oyi oxirida Toshkent shahridagi Inha universiteti “Kompyuter va dasturiy injiniring" fakultetining 99 nafar talabasi Koreya Respublikasidagi Inha universitetida o‘qish uchun Inchxonga yo‘l olgan edi.
Ular “3+1" dasturi doirasida (Toshkent shahridagi Inha universitetida 3 yil va Koreya Respublikasidagi Inha universitetida 1 yil) o‘qishni tamomlab qaytishdi.
Ikki semestr davomida o‘zbekistonlik talabalar Koreyadagi Inha universitetining yuqori malakali professorlaridan bilim oldilar.
O‘tgan haftaning oxirida Inchxonda Janubiy Koreyadagi bir yillik dasturning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda talabalar dasturni yakunlashgani to‘g‘risidagi sertifikatlarni olishdi.
2018-yilning yozida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarining birinchi bitiruvi bo‘ladi. Ba’zi talabalar magistraturada o‘qishni davom ettiradilar va ayrimlari esa o‘z mehnat faoliyatlarini boshlaydilar. Umid qilamanki, ular mamlakatimiz uchun munosib kadrlarga aylanadi.
- Sarvar Boboxo‘jayev,
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori
Barcha talabalar O‘zbekistonga qaytib kelishdi va endilikda o‘qishlarini hamda amaliyot dasturini Toshkentda davom ettiradilar.
Manba: xabar.uz