83 nafar talabgor o‘qishni ko‘chirish sinovlaridan chetlashtirildi – agentlik


Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 19–20-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida test sinovlari o‘tkazildi.

Bilimni baholash agentligi ma’lum qilishicha, test sinovlarida 40 897 nafar talabgor ishtirok etgan. Shulardan 2 902 nafar talabgor sinovlarga qatnashmagan, 83 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani sababli test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Shuningdek, 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilinganligi haqida xabar berildi. Talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Eslatma! Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari, kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari OTMlar tomonidan Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan so‘ng e’lon qilinadi.