2025/2026-o‘quv yilidan boshlab chet tili sertifikatisiz 29 ta bakalavriat yo‘nalishiga hujjat topshirib bo‘lmaydi


Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan 29 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. Bu qoida abituriyentlar uchun muhim o‘zgarish bo‘lib, sertifikatsiz hujjat topshirish imkoni butunlay yo‘q qilinadi.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati:

Kimlarga taalluqli?

  • Umumiy chet tili talab qilinadigan yo‘nalishlar: Agar yo‘nalishda 1-fan sifatida “chet tili” deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, istalgan til (ingliz, nemis, fransuz va boshqalar) bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.
  • Muayyan til talab qilinadigan yo‘nalishlar: Agar 1-fan sifatida aniq bir til, masalan, ingliz, nemis yoki fransuz tili ko‘rsatilgan bo‘lsa, aynan shu til bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan mos xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

Sertifikat bo‘lmasa nima bo‘ladi? Agar abituriyentda tegishli til bo‘yicha sertifikat bo‘lmasa, u ushbu yo‘nalishlarga hujjat topshira olmaydi. Bundan tashqari, ushbu yo‘nalishlarda birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilmaydi, shuning uchun sertifikatsiz abituriyentlar avtomatik ravishda tanlovdan chetlatiladi.

Nima qilish kerak? Abturiyentlar quyidagi sertifikatlardan birini olishlari zarur: IELTS, TOEFL, CEFR, TestDaF, DELF yoki vazirlik tomonidan ruxsat etilgan boshqa milliy va xalqaro sertifikatlar. Muhim shart: sertifikat hujjat topshirish davrida amal qiluvchi bo‘lishi kerak. Abituriyentlar qaysi yo‘nalishga kirishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, uning 1-fani qaysi til ekanligini oldindan aniqlab, shu til bo‘yicha sertifikat olishlari lozim.

Xulosa Yangi qoida 29 ta bakalavriat yo‘nalishiga kirishni yanada tartibli va malakaga asoslangan qilishni maqsad qilgan. Abituriyentlar uchun eng muhim maslahat – o‘z vaqtida kerakli til sertifikatini olish va hujjat topshirish jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish.