2020 yilda O‘zbekistonda yana 3ta Rossiya OTM filiali ochiladi


2020 yili O‘zbekistonda Perm davlat farmatsevtika akademiyasi filiali ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev matbuot anjumanida e’lon qildi, deb yozadi sof.uz.

Elchining aytishicha, kelgusi yili O‘zbekistonda Rossiyaning yana 3 ta oliy ta’lim muassasasi filiali ochilishi rejalashtirilgan. Ular orasida Astraxan davlat texnika universiteti va Sankt-Peterburg tog‘ universiteti ham bor.

Bundan tashqari, Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Moskva arxitektura universiteti va Pushkin nomidagi rus tili instituti filiallari ham ochilishi mumkin.