1-avgust imtihonlari - Biz uchun muhim!


"O‘zbekiston" telekanalida 1-avgust kunidagi test sinovlariga bag‘ishlab to‘g‘ridan to‘g‘ri jonli efirda uzatilgan "Biz uchun muhim" tok shousida abituriyentlarni qiynab kelayotgan ko‘pgina savollarga mutasaddi rahbarlar imkoni boricha javob berishga harakat qilishdi.

Ko‘rsatuvning ushbu sonida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligidan, Davlat test markazidan va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining rektorlari qatnashishdi.

Unda quyidagi dolzarb mavzular o‘rtaga tashlandi:
- Bunkerlar nima? Nima uchun ularning faoliyatiga panja ortidan qaralmoqda?
- X-variantlar chiqib ketgani rostmi?
- Test savollari kimlar tomonidan tuziladi?
- Test savollarining o‘ta murakkablashib borayotganligi.
- Bitta g‘azal yodlab bera olmagan talaba qanday qilib grantda o‘qib yuribdi?
- Kirish imtihonlarini shaffoflashtirish va haqqoniyligini taminlashda mutasaddi tashkilotlar qanday amaliy choralar ko‘rishyabdi?
- Yuridik universitetda bo‘laytogan ajoyib yangiliklar.
- Ijodiy imtihonlarda apelyatsiya muddatlarini uzaytirish.
- Kirish imtihonlarida baholashning alternativ usullarni tadbiq etish.
- Katta pul miqdori evaziga talabalikni sotib olib berishni vada qilgan qo‘lga tushgan firibgarlar.
- "Rektor ro‘yhati" bor narsami?

Ko‘rsatuv keskin tanqidiy ruhda va oshkoralik tamoillariga asosan o‘tgan bo‘lsada ayrim mutasaddi rahbarlarning javoblarida aniqlik va lo‘ndalik, haqqoniylik, konstruktivlik yetishmaganligini ko‘rish mumkin.

Shunday bo‘lsada ko‘rsatuv boshlovchisi Barchinoy Jo‘rayeva, xuquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev va O‘zMU dotsenti adabiyotshunos olim Omonulla Madayev kabi o‘z ishining fidoiylari mutasaddilar oldiga rad etib bo‘lmas faktlar va savollarni yog‘dirishganligi tufayli ko‘rsatuvda ko‘pgina savollarga javob olindi.

"Rektor ro‘yhati", "Rektorskiy gruppa" mavjudligini hech qaysi mutasaddi tan olmadi, ular buni eshitishmagan ham ekan!

Haqqoniylikni taminlashga kim vada beradi?

Ko‘rsatuv yakunida Davlat test markazi bo‘lim boshlig‘i bu yil test sinovlarida X-variant chiqib ketmasligiga aniq ishonch bilan vada berdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mutasaddi vakili esa "Testga kirishda nazorat jarayonida telefon va shpargalkalar bilan qo‘lga tushgan talabalarni dalolatnoma tuzgan holda testdan chetlatish" to‘g‘risidagi ko‘psonli tomoshabinlar iltimosini qanoatlantirish bo‘yicha berilgan murojaatga "Bu ish Oliy ta'lim vazirligi vakolatiga kirmasligi"ni sabab qilgan holda tomoshabinlarni qanoatlantiradigan vada bera olmadi.

Ko‘rsatuvni quyida to‘liqligicha ko‘rib chiqishingiz mumkin (video TAS-IX hududida).