Test jarayonidagi «o‘yinlar» haqida ilk bor badiiy film ishlanmoqda


O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari, ya’ni test jarayoni haqida ilk bor badiiy film ishlanmoqda. Filmning ishchi nomi – "Birinchi avgust".

Ayni vaqtda kinokartinaning s’yomka ishlari boshlanish arafasida. Filmning rejissyori – Abduvohid G‘aniyev. Ushbu kinoasar "Ta’lim sohasidagi korrupsiya – millat kelajagiga xiyonat" konsepsiyasini ilgari suradi, deb yozadi minbar.uz.

Kinoijodkorlarning aytishicha, filmda oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish o‘tkaziladidan test sinovlarida bo‘lib o‘tadigan "o‘yin"lar, ta’lim tizimidagi korrupsiya ayovsiz fosh qilinadi.

Kinoasarda keyingi yillarda urfga kirgan "parovoz", "bunker", "quyon" kabi "o‘yin"lar mohiyati ochib berilishi ko‘zda tutilgan. "Birinchi avgust" filmi shu yilning oxirigacha tayyor bo‘ladi, prem’yera yil so‘ngiga mo‘ljallangan.

Film "O‘zbekkino" milliy agentligi tomonidan suratga olinmoqda.