Rossiya universitetlari ma’ruzalari onlayn-translyatsiya qilinadi


Rossiya Federatsiyasi Ta’lim va fan ministrligi mamlakatning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridagi ilmiy ma’ruzalarni onlayn tarzda translyatsiya qilishni yo‘lga qo‘ydi. Ular «ВКонтакте» ijtimoiy tarmog‘i orqali jonli efirda uzatiladi, deya xabar qiladi ministrlik sayti.

Ministrlikning mazkur ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy hamjamiyati orqali MGU, SPbGU, ITMO, MGTU, MAI, MFTI kabi ko‘plab ilg‘or universitetlardan translyatsiya qilinadi.

Onlayn ma’ruzalar turli sohlarga mansub bo‘lib, ularning tartibi bilan «VKontakte»dagi Rossiya Federatsiyasi Ta’lim va fan ministrligi hamjamiyati sahifasiorqali batafsil tanishish mumkin.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalar ijtimoiy tarmoqning barcha foydalanuvchilari uchun ochiq tarzda yo‘lga qo‘yilgan.


Manba: terabayt.uz