Ommaviy onlayn ochiq kurslar orqali ta’lim olishning usullari haqida
Hozirgi kunda internet imkoniyatlaridan foydalangan holda uydan tashqariga chiqmasdan dunyoning nufuzli universitetlarida sifatli bilim olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa ta’lim paradigmasini butkul o‘zgarishiga olib keldi.
Bunga MOOC (Massive open online courses) – ommaviy ochiq onlayn kurslarning paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi.
MOOC (Massive open online courses) – ommaviy ochiq onlayn kurslar bo‘lib, interfaol usullardan foydalangan holda tayyorlangan va Internet tarmog‘ida ochiq holda joylashtirilgan ta’lim kursiga aytiladi. Ommaviy ochiq onlayn kurslarni tez va keng qamrovda tarqalishi ularga dunyo ta’lim bozorida talab borligidan dalolat bermoqda.
OOOK orqali oliy o‘quv yurtiga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar, kollej o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasasi talabalari, oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
Abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlari mavjud bo‘lgan fanlardan OOOK bilan taqdim etilayotgan kurslar orqali bepul bilim olishlari mumkin.
Xususan, Khan Academy (https://ru.khanacademy.org/) orqali matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika va boshqa fanlar bo‘yicha video ma’ruzalar orqali “noldan" boshlab chuqur bilimga ega bo‘lish mumkin. Shuningdek, https://www.udemy.com saytida o‘zbek tilida mustaqil o‘rganuvchilar uchun matematikadan video darslar berilgan bo‘lib, https://www.udemy.com/matematika-darslari/ havolasi orqali kursni bepul o‘rganish mumkin.
Shuningdek, oliy ta’lim tizimida ma’lum masalalar mavjud bo‘lib, bu masalalarni barchasini ommaviy ochiq onlayn kurslar orqali hal qilish mumkin. Xususan:
- Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarni yuqori reytingdagi xorijiy oliy ta’lim muassasida malakasini oshirish masalasi;
- Eng yuqori reytingdagi xorijiy oliy ta’lim muassasasida talabalarni o‘qitish masalasi;
- Yuqori sifatli, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash masalasi;
- Eng yuqori reytingdagi xorijiy oliy ta’lim muassasasidagi o‘qitilayotgan fanlarni mahalliy oliy ta’lim muassasalarida joriy etish masalasi;
- Yangi kiritilgan fanlar bo‘yicha o‘quv majmualarni shakllantirish masalasi;
- Mutaxassislik fanlarini chet tillarida o‘qitish masalasi;
- Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish masalasi.
Yuqorida keltirilgan masalalarni aynan OOOK orqali yechish mumkin.
OOO kurslar orqali dunyoning eng nufuzli bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarida uydan chiqmasdan mutaxassislik olish imkoniyati mavjud.
“Xo‘sh, qayerdan shu OOO kurslarni topish mumkin?", – deb so‘rarsiz. Javobi oddiy buning uchun barcha OOO kurslarini o‘ziga jamlagan https://www.class-central.com/ sayti orqali (OOO kurslar provayderi deb hisoblasak ham bo‘ladi) sizni qiziqtirgan fan bo‘yicha qidirish operatsiyasi orqali topishingiz mumkin.
Onlayn kurslar joylashtirilgan va ta’lim jarayonini tashkil etayotgan uchta eng yirik platformalarlar: Coursera, Udacity va edX ni turli taqqoslash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlari bilan tahlil etib chiqamiz.
Coursera platformasi
Coursera (https://www.coursera.org) notijorat ta’lim kompaniyasi bo‘lib, Stenford universiteti professorlari Endryu Hg (Andrew Ng) va Dafni Koller (Daphne Koller) lar tashkil etishgan. Ushbu startap Kleiner Perkins Caufield & Byers (KPCB) va New Enterprise Associates (NEA) kompaniyalaridan hamkorlik loyihasi bo‘yicha $16 mln. investitsiya olgan. Kompaniyaning maqsadi – eng nufuzli universitetlarning eng malakali professorlarini eng sifatli kurslarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali dunyo bo‘yicha bepul kirishga imkoniyat yaratishdir.
Davomati: 10 mln. foydalanuvchi.
Hamkor ta’lim muassasalari soni: 100 dan ortiq
Onlay kurslar soni: 1400 ta
Kurslar yo‘nalishlari: axborot texnologiyalari, fizika, muhandislik fanlari, matematika, biologiya, tibbiyot, iqtisodiyot, tadbirkorlik, gumanitar fanlar, san’at.
Hamkorlari: Jahonning turli davlatlaridagi yetakchi universitetlari. Coursera kompaniyasining birinchi hamkorlari sifatida Stenford, Priston, Pensilvaniya va Michigan universitetlari bo‘lgan. Bundan tashqari, hozirgi kunda platformada Amerikaning quyidagi nufuzli universitetlarining onlayn kurslari qo‘yilgan: Kaliforniya texnologiya instituti, Kolumbiya universiteti, Yel universiteti, Viskonsin-Medison universiteti, Shimoliy-G‘arbiy universiteti, Emori universiteti, Vanderbilt universiteti. Yevropa davlatlaridan hamkor sifatida Edinburg universiteti, Lyudvig-Maksimilian nomidagi Myunxen universiteti, Myunxen Texnika universiteti, Bokkoni, NЕS Paris, Kopengagen universitetlari, ispan IE va IESE biznes-maktablari, Lozanna universiteti, Syurix universiteti, London universiteti, Jeneva universitetini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ushbu platformada Osiyo davlatlarining kurslarini ham ko‘rish mumkin: Singapur milliy universiteti va Tayvan milliy universiteti. Rossiya Federatsiyasidan: Oliy iqtisodiyot maktabi va Moskva fizika-texnika instituti (MFTI).
Kurslarning muddati: 4 haftadan 10 haftagacha.
O‘qitish tili: 20 ta tillarda. Ko‘pchilik kurslar ingliz tilida olib boriladi. Keyingi o‘rinda – xitoy tili. Ma’ruzalarni boshqa tillarda yozilgan subtitrlar orqali ko‘rish imkoniyati yaratilgan. Coursera kompaniyasi yaratilgan kurslarin boshqa tillarga tarjima qilish uchun dunyo bo‘yicha ta’lim muassasalari va volontyorlarni jalb qilmoqda. Chet tilini bilgan ihtiyoriy inson Coursera halqaro tarjimachilik jamiyati (Global Translation Community) ga a’zo bo‘lishi mumkin va kurslarni o‘z ona tiliga tarjima qilishga yordam berishi mumkin. Coursera platformasida onlayn kurslar rus tilida ham joylashtirilgan.
Qatnashish sharti: Coursera platformasida o‘qish uchun veb-saytdan ro‘yhatdan o‘tishi, o‘zi uchun qiziqarli kursni tanlashi va yozilishi yetarlidir. Ro‘yhatdan o‘tish barcha qiziquvchilar uchun ochiqdir.
O‘quv shakli: videoma’ruzalar, o‘qish uchun materiallar, kurs qatnashchilari uchun forumlar. Coursera tinglovchilarni ijtimoiy tarmoqlarda ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi (har bir tinlovchida ijtimoiy tarmoqlarning birida kamida bitta akkaunti (account) bo‘ladi). Ba’zan, bir shahardagi tinlovchilar o‘zlari uchun uchrashuvlar tashkil etishlari mumkin. Tartib bo‘yicha har bir onlayn kursining boshlanish sanasi va tugash sanasi belgilangan bo‘ladi. Yangi materiallar har haftada qo‘yiladi, topshiriqlarni belgilangan sanagacha bajarish zarur (odatda, bu muddat yangi videoma’ruza chiqquncha hisoblanadi). Bundan tashqari, platformada tinglovchilar uchun o‘zini hohlagan vaqtida – OnDemand rejimida ta’lim olishi mumkin bo‘lgan kurslar qo‘yilgan. Coursera platformasi ixtisoslik (Specialization) bo‘yicha bir qator onlayn-kurslarini taqdim etadi va ularni tugatgan so‘ng sertifikat olish mumkin. Sertifikatda Coursera kompaniyasining logotipi, kurs nomi, kurs yaratilgan universitet nomi, o‘qituvchining ismi-sharifi ko‘rsatiladi. Lekin, sertifikat olingan kurs universitet akademik darajasi bo‘yicha dasturlaridagi fan sifatida qabul qilinmaydi.
Bilimlarni nazorat qilish shakllari: testlar (javoblaridan tanlab olish variantlari bilan), yozma ishlar, boshqa tinlovchilar qo‘ygan baholar (anonim tarzda, izohi bilan yoki izohsiz), yakuniy imtihonlar. Universitet o‘qituvchilari onlayn-kurslarning mualliflari, odatda, tinglovchilarning vazifalarini tekshirishmaydi va baho qo‘yishmaydi.
Sertifikat mavjudligi: bor. Onlayn kurslar vazifalarini bajargan tinlovchilar kursni muvaffaqiyatli tugatganliklari to‘g‘risida elektron guvohnoma (Statement of Accomplishment) olish imkoniyatlari mavjud. Guvohnomani olish uchun, odatda, ma’lum miqdorda ballar yig‘ish kerak bo‘ladi. Guvohnomada tinlovchining ismi-sharifi, kurs nomi, kursning qisqacha ta’rifi va o‘qituvchining elektron imzosi yozilgan bo‘ladi. Guvohnoma universitet-hamkorlari uchun kursni tamomlaganligi haqida rasmiy hujjat hisoblanmaydi. Bundan tashqari, SignatureTrack bilan belgilangan kurslarini tugatganda, tasdiqlangan sertifikat (Verified Certificate) olish imkoniyati mavjud, lekin, ushbu hizmat pullikdir. Tasdiqlangan sertifikat (Verified Certificate) elektron guvohnoma (Statement of Accomplishment) dan farqi shundaki, tasdiqlangan sertifikatda tinlovchining shaxsi tasdiqlanadi (pasport nus’hasi va veb-kamera orqali olingan fotografiyasi yuklanadi). Tasdiqlangan sertifikat (Verified Certificate) da universitet logotipi qo‘yilgan bo‘ladi, bundan tashqari, unda ushbu sertifikatda maxsus qator (ssыlka) mavjud bo‘lib, u orqali kurs va tinglovchi to‘g‘risida (tinlovchining ismi-sharifi, o‘qituvchining ismi-sharifi, kursning dasturi va muddati) ma’lumot olish mumkin. Tasdiqlangan sertifikat ham universitet dasturidagi fan sifatida qabul qilinmaydi.
Akkreditatsiya: yo‘q.
Qiymati: bepul. Agar tinglovchi faqatgina guvohnoma emas, balki, tasdiqlangan sertifikat (Verified Certificate) olmoqchi bo‘lsa, u holda buning uchun tinlovchi 50 dollardan 150 dollargacha haq to‘lashi kerak bo‘ladi. Bir nechta kurslari yig‘indisi hisoblangan ixtisoslik (Specialization) sertifikati olish uchun esa tahminan 500 dollar miqdorda pul to‘lash kerak bo‘ladi.
Mobil ilovalar: bor (iOS, Android)
Udacity platformasi
Udacity (http://www.udacity.com) hususiy notijorat ta’lim kompaniyasi bo‘lib, Stenford universiteti professorlari Sebastyanom Trun, Devid Stavens va Maykl Sokolski tomonidan tashkil etilgan va investorlarning 20 mln. dollarlik mablag‘i sarflangan. Ushbu startapning maksadi ta’lim sohasini demokratizatsiyalash va o‘zgartirishdan iboratdir. Boshqa shunga o‘xshash platformalardan farqi shundaki, Udacity platformasidagi onlayn kurslarini yaratishda universitet professorlaridan tashqari, yetakchi soha ekspertlarini ham jalb qilinmoqda. Masalan, kompyuter ilmi, dizayn, matematika, texnologik biznes. Bundan tashqari, har bir kurs turli darajada taqdim etilmoqda: boshlovchilar, asosiy va iqtidorli tinlovchilar uchun.
Davomati: 2 mln. foydalanuvchilar.
Hamkor-ta’lim muassasalari soni: 2 ta universitet va 13 ta kompaniyalar.
Onlayn kurslar soni: 50 ta onlayn kurslar
Kurslar yo‘nalishlari: Udacity platformasidagi aksariyat kurslar axborot texnologiyalarga bag‘ishlangan, chunki, ushbu platforma Stenford universiteti bazasida olib borilgan AKT bo‘yicha bepul kurslardan tashkil topgan. Bundan tashqari, platforma tadbirkorlik, dizayn, matematika va fizikadan kurslarni taklif etadi.
Hamkorlari: San-Xose davlat universiteti, Djordji (GaTex) texnologiya instituti, bundan tashqari, Google, Facebook, Twitter, AT&T, Cloudera, MongoDB, Salesforce, Autodesk, Nvidia, 23andMe, Zipfian, Cadence va Hack Reactor kompaniyalari.
Kurslarning muddati: qo‘yilmagan, foydalanuvchining xoxishiga bog‘liq. Har bir kursning ta’rifida haftada 6 soat hisobida tahminiy muddatlari berilgan. Agar ushbu hisob bo‘yicha ko‘rilsa, u holda, kurslarning o‘rtacha 6-10 haftada o‘tash mumkin.
O‘qitish tili: ingliz tilida, bir xil kurslar ispan, fransuz, portugal yoki xitoy tillarida subtitrlar orqali berilgan.
Qatnashish sharti: Kirish imtihonlari yo‘q, talabgor saytda ro‘yhatdan o‘tishi kifoyadir. Vazifalarni bajarish muddatlari ham belgilanmagan. Foydalanuvchi o‘zi qachon va qanday o‘tishni o‘zi belgilaydi. Platformada taklif etilgan kurslar tayyorlash darajasi bo‘yicha bir nechta guruhlarga bo‘lingan: New to Tech guruhidagi kurslar AKT ni umuman bilmaydiganlar uchun, Beginner guruhi – boshlang‘ich, Intermediate guruhi – o‘rtacha, Advanced guruhi – yuqori darajada biluvchilar uchun hisoblanadi.
O‘quv shakli: Har bir kurs videoma’ruzalardan tashkil topgan bo‘ladi, ularga test savollari biriktirilgan. Bir xil kurslarda loyihalarni bajarish kerak bo‘ladi, bu qatnashchilarda yangi bilimlar olishiga sabab bo‘ladi. Udacity platformasining ya’na bitta vazifalaridan biri – bu tinglovchilar loyiha portfoliosini yaratishdir. Tinglovchi bir nechta loyihalarni (5-7 loyiha) topshirgandan so‘ng, “Nanodegree" sertifikatini olishi mumkin. Bu ilmiy daraja bo‘lmasa ham, ushbu sertifikatni AKT sohasidagi kompaniyalarga ishga kirish vaqtida hisobga olishlari mumkin. Bundan tashqari, Udacity – bu hamjamiyat bo‘lib, kurs tinlovchilari forumda o‘zaro fikr almashish orqali ham o‘rganishlari mumkin.
Bilimlarni nazorat qilish shakllari: testlar (javoblaridan tanlab olish variantlari bilan), uy vazifalari va shaxsiy loyihalari. Bir xil kurslarda shaxsiy murrabiy (Coach) belgilanishi mumkin, uning zimmasiga vazifalarni tekshirish, savollarga javob berish va loyiha ishlarida yordam berishlar kiradi.
Sertifikat mavjudligi: bor. Kurslarni tugatgan tinlovchilarga elektron guvohnoma beriladi. Bu elektron guvohnoma rasmiy xujjat hisoblanmaydi. Bir xil kurslarda tasdiqlangan sertifikat (Verified Certificate) olish imkoniyati mavjud.
Akkreditatsiya: yo‘q.
Qiymati: bepul. Kurslarga kirish barcha uchun bepul. Shaxsiy murabbiy mavjud bo‘lgan kurlar (Coach) bo‘yicha tasdiqlangan sertifikat (Verified Certificate) olish imkoniyati mavjud. Buning uchun yakuniy loyihani topshirish, yakuniy suhbatdan o‘tish va shaxsni tasdiqlovchi xujjatni taqdim etish zarur bo‘ladi. Ushbu kurslarga qo‘shimcha 300 dollar to‘lash kerak. “Nanodegree" – 200 dollar oyiga.
Mobil ilovalar: bor (iOS, Android).
EdX platformasi
EdX (https://www.edx.org) platformasi Garvard universiteti va Massachusets texnologiya instituti hamkorligidagi onlayn kurslar sohasidagi loyiha bo‘lib, 2012-yilda tashkil etilgan notijorat ta’lim kompaniyasi hisoblanadi. EdX platformasining asosiy maqsadi ta’lim berish tarkibidan tashqari, ushbu MOOS-platforma asoschilari yangi texnologiyalar talabalarning o‘qishiga va ta’lim sohasini transformatsiya qilishda ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha tadqiqot olib borishdan iboratdir.
Davomati: 7 mln. foydalanuvchilar.
Hamkor-ta’lim muassasalari soni: Garvard universiteti, Massachusets texnologiya instituti va 60 dan ortiq universitetlari va tijorat tashkilotlar.
Onlayn kurslar soni: 983 ta onlayn kurslar
Kurslar yo‘nalishlari: platformada turli yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarni topish mumkin: biologiya, kimyo, axborot texnologiyalari, biznes, iqtisodiyot, moliya, amaliy fanlar, statistika, matematika, fizika, tibbiyot, ovqatlanish, tarix, gumanitar fanlar, huquqshunoslik, adabiyot, falsafa, musiqa va boshqalar. Berilgan fanlarni ko‘p qismi kompyuter texnologiyalari, bilogiya, tabiiy fanlar, biznes va menejmentga tegishlidir.
Hamkorlari: Amerikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari: Breklidagi Kaliforniya universiteti, Boston universiteti, Kornell universiteti, Kolumbiya universiteti, Kaliforniya texnologiya instituti, Dartmut kolleji, Chikago universiteti. Yevropa oliy ta’lim muassasalari: Sorbonna, Karolin instituti, Myunxena Texnika universiteti, YETN Zurich universiteti. Osiyoning quyidagi universitetlarining dasturlari qo‘yilgan: Gonkong Fan va texnologiyalar universiteti, Pekin universiteti, Seul milliy universiteti va Tokio universiteti.
Kurslarning muddati: 4 haftadan 10 haftagacha. Ko‘pchilik kurslarning boshlanish sanasi va kurs tugash sanasi mavjud, bundan tashqari vazifalarni bajarish muddatlari belgilangan bo‘ladi. Sertifikat olish kerak bo‘lsa, albatta, kurs boshlanguncha yozilish kerak, bu bilan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish imkoniyati paydo bo‘ladi.
O‘qitish tili: ko‘pchilik kurslar ingliz tilida berilgan. Bundan tashqari, xitoy, fransuz, ispan va hind tillarida ham kurslar mavjud, bu kurslar ingliz tilida subtitrlar orqali berilgan.
Qatnashish sharti: har bir kurs ta’rifida tinlovchilarga shartlar berilgan (masalan, ushbu kursni o‘qish uchun kerakli bilimlar kerakligi), bu faqat mualliflarning tavsiyasidir. Kirish imtihonlari yo‘q, talabgor saytda ro‘yhatdan o‘tishi kifoyadir.
O‘quv shakli: videoma’ruzalar, o‘qish uchun materiallar, testlar, onlayn-forumlar. Forumda boshqa ishtirokchilar bilan muloqotda bo‘lishlari mumkin, bundan tashqari, ular o‘qituvchiga savol ham berishlari mumkin. Platforma ijtimoiy tarmoqlarda akkaunti borligi sababli tinglovchilar bir-birlari bilan bog‘lanish va savollar berish imkoniyatiga ega, bundan tashqari, dunyo bo‘yicha turli shaharlarda barcha hoxlovchilar uchun uchrashuvlar tashkil etiladi.
Bilimlarni nazorat qilish shakllari: testlar (javoblaridan tanlab olish variantlari bilan), yozma ishlar, boshqa tinlovchilar qo‘ygan baholar (anonim tarzda, izohi bilan yoki izohsiz), yakuniy imtihonlar.
Sertifikat mavjudligi: bor. edX uch xil sertifikatlarni taqdim etadi: Honor Code Certificate of Achievement, Verified Certificate of Achievement va XSeries Certificate of Achievement. Tasdiqlangan sertifikat (Verified Certificate of Achievement) kypc tugagandan va mablag‘ to‘langandan so‘ng beriladi. XSeries Certificate of Achievement sertifikati bir nechta kurslardan o‘tganlarga beriladi. Barcha sertifikatlar elektron shaklda beriladi.
Akkreditatsiya: yo‘q.
Qiymati: bepul. Kurslar barcha uchun bepul, istisno sifatida ma’lum kasbiy kurslarni ko‘rsatish mumkin. Ba’zi kurslar tasdiqlangan sertifikat (Verified Certificate) olishni taklif etadi. Bu holda, tinlovchilar barcha vazifalarni bajarishda shaxsni tasdiqlovchi xujjatni va veb kamera orqali o‘zlari bajaryotganliklarini tasdiqlashlari zarur bo‘ladi. Verified Certificate sertifikatini olish barcha kurslar uchun belgilangan emas, bundan tashqari, bu hizmat uchun qo‘shimcha to‘lov (tahminan 25 dollar) amalga oshirish zarur, lekin, kurs materiallariga kirish bepul. Agar tinlovchi bir nechta kurslarni (2 tadan 7 tagacha) o‘tishni (XSeries) va tegishdi sertifikat olishni xohlasa, u holda, tinlovchi bu kurslar uchun to‘lovni amalga oshirishi zarur. Onlayn kurs qiymati ma’lum kurs bilan bog‘liq bo‘ladi, ya’ni taxminan 100 – 500 dollar.
Mobil ilovalar: yo‘q. Lekin, edX va boshqa ochiq ta’lim platformalarining videoma’ruzalarini mobil aloqa vositalaridagi MOOCs4U (iOS, Android) ilovalari yordamida ko‘rish mumkin.
Onlayn kurslarining eng yirik uchta platformalari turli ko‘rsatkichlari: foydalanuvchilari soni, hamkor ta’lim muassasalari soni, qo‘yilgan onlayn kurslar soni, kurslar yo‘nalishlari, muddatlari, o‘qitish tili, ta’lim olishda qatnashish shartlari, o‘quv shakllari, baholash usullari, sertifikat berilishi, akkreditatsiya masalasi, onlayn kurslarining narxi, mobil aloqa vositalari uchun ilovalarining mavjudligi kabi ko‘rsatkichlari bo‘yicha taxlil qilindi. Ommaviy ochiq onlayn-kurslarni taqdim etayotgan Coursera, Udacity va edX platformalarining fundamental farqlari ochib berildi.
Shunday qilib, OOO kurslar orqali Stenford universiteti, Massachusets texnologiya instituti yoki Garvard universitetlarida uydan tashqariga chiqmasdan tahsil olish mumkin.
Muallif: Hamidov Vohid
Manba: blog.xabar.uz