IT Parkda OTM rektorlari bilan norasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi


2021-yil 6-yanvar kuni IT Park shourumida oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan norasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Uchshuvning asosiy mavzusi OTMlarda IT-inkubatsiya markazlarini tashkil etish masalasiga bag‘ishlandi. Mazkur markazlar iqtidorli yoshlarga o‘z biznes g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda hamda startap loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, OTM rektorlarini IT-inkubatsiya markazlarini ochish, IT Park bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga chaqirdi.

Hozirgi kunda IT-inkubatsiya markazlari quyidagi oliygohlarda faoliyat ko‘rsatmoqda:

1. G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali;

2. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti;

3. Toshkent moliya instituti;

4. Toshkent shahridagi Inha universiteti;

5. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

6. Toshkent shahridagi Amiti universiteti;

7. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;

8. Andijon mashinasozlik instituti;

9. Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.