2019-yil 15-avgust kuni oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlari barcha hududlarda to‘liq yakunlandi


2019-yil 15-avgust kuni oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlari barcha hududlarda to‘liq yakunlandi

✅ Surxondaryo viloyatida – 8-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 76 ming 186 nafaridan 74 ming 607 nafari test sinovlarida ishtirok etdi;

✅ Sirdaryo viloyatida – 10-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 33 ming 758 nafaridan 31 ming 929 nafari test sinovlarida ishtirok etdi;

✅ Namangan viloyatida – 10-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 61 ming 451 nafaridan 59 ming 591 nafari test sinovlarida ishtirok etdi;

✅ Toshkent shahrida – 10-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 211 ming 93 nafaridan 209 ming 369 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

✅ Qashqadaryo viloyatida – 12-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 87 ming 184 nafaridan 85 ming 222 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

✅ Navoiy viloyatida – 13-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 39 ming 434 nafaridan 38 ming 781 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

✅ Farg‘ona viloyatida – 13-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 89 ming 875 nafaridan 87 ming 303 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

✅ Jizzax viloyatida – 13-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 55 ming 942 nafaridan 54 ming 545 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

✅ Andijon viloyatida – 14-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 73 ming 713 nafaridan 71 ming 812 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

✅ Xorazm viloyatida – 14-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 55 ming 295 nafaridan 53 ming 685 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

✅ Samarqand viloyatida – 14-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 96 ming 197 nafaridan 93 ming 800 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 14-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 52 ming 292 nafaridan 51 ming 442 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

✅ Buxoro viloyatida – 15-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 47 ming 049 nafaridan 46 ming 109 nafari test sinovlarida ishtirok etdi;

Abituriyentlarning 979 ming 436 nafaridan 958 ming 195 nafari (97.8%) test sinovlarida ishtirok etdi.

Davlat test markazining rasmiy telegram kanali: @rasmiydtm