“YIQILGAN” ABITURIYENT HAM TALABA BOʻLISHI MUMKIN


Abituriyentlar belgilangan kvota boʻyicha oʻqishga kirolmagan taqdirda SUPER KONTRAKT asosida qabul qilinishi mumkin.

Bunda SUPER KONTRAKTning miqdori kontrakt toʻloviga nisbatan quyidagicha belgilanadi:

1 ballgacha yetmaganda — 1,5 barobar;

1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganda — 2 barobar;

2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganda — 2,5 barobar;

3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganda — 3 barobar;

kirish uchun 4 balldan koʻp va minimal balldan (56,7) kam boʻlmaganda — 10 barobar va undan koʻp (yoʻnalishga qarab).

Bundan tashqari, 56,7 dan kam ball toʻplaganlar ham talaba boʻlishi mumkin.

Bunda abituriyentlar hujjat topshirgan yoʻnalishi boʻyicha eng yuqori SUPER KONTRAKT miqdorining 2 barobarini toʻlashi lozim.

Masalan, oshirilgan toʻlov kontrakti Toshkent davlat yuridik universiteti uchun 25 barobar (334 million 500 ming) boʻlsa — 50 barobar (669 mln. soʻm) toʻlanadi.


❗️Eslatib oʻtamiz, oshirilgan kontrakt faqat birinchi oʻquv yili uchun toʻlanadi.