Umumta’lim fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha ochiq muloqot


2021-yil 23-mart kuni Davlat test markazi tomonidan aprel oyida umumta’lim fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etilishi, abituriyentlar mazkur mavzu bo‘yicha savollarni 31-mart kuniga qadar @dtmga_savollar_bot telegram botiga yuborishlari mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan ko‘plab savollar kelib tushdi.

Shu munosabat bilan 2021-yil 9-aprel kuni soat 15:00 da Davlat test markazining “Youtube"dagi rasmiy kanali orqali ochiq muloqot o‘tkaziladi. Unda:

  • Umumta’lim fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirish;
  • Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi;
  • 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha kelib tushgan savollarga javob beriladi.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni ochiq muloqot davomida izohlarda qoldirishlari mumkin bo‘ladi.

Ochiq muloqot uchun havola: https://www.youtube.com/dtmuzb.

Ochiq muloqot vaqti: 2021-yil 9-aprel soat 15:00.