TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALIGA QANCHA TALABA QABUL QILINADI?


2019-2020 oʻquv yili uchun Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filialiga 640 nafar talaba oʻqishga qabul qilinadi. 

Qabul komissiyasi tomonidan umumiy hisobda 6205 nafar abituriyentning hujjatlari rasmiylashtirildi. Kunduzgi boʻlimga 2539, kechki taʼlimga 1192, sirtqi taʼlimga 2474 ta hujjat roʻyxatdan oʻtkazildi.

10 nafar xorij fuqarosi ham TDTU Olmaliq filialida oʻqish istagini bildirishgan.

Davlat parametrlari boʻyicha kechki taʼlimga 125 ta, sirtqi taʼlimga 75 ta, kunduzgi taʼlimga 440 nafar talaba oʻqishga qabul qilinadi.