Test sinovlarining yangi tartibiga tayyormizmi?


Joriy yilning 25-aprel kuni Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida oliy ta’lim muassasalariga qabul uchun o‘tkaziladigan test sinovlari bo‘yicha repetitsiya jarayoni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda DTM axborot xizmati xabar berdi.

Tadbir Davlat test markazi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.


Mazkur tadbirga O‘zbekiston milliy universiteti qoshidagi S.X.Sirojiddinov nomli akademik litseyning 482 nafar bitiruvchi o‘quvchilari, Davlat test markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalari xodimlari jalb etildi.

Repetitsiya jarayoni mamlakatimiz Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi 3389-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori asosida test sinovi topshirish tartibiga kiritilgan o‘zgarishlar amalda sinab ko‘rildi.



O‘tkazilgan tadbir davomida tezkor chora-tadbirlar belgilandi. Bu kabi aprobatsiya va repetitsiyalarni may oyining oxiriga qadar o‘tkazish rejalashtirildi.


Manba: xabar.uz