Samarqandda yana bir OTM tashkil etildi


Hukumatning tegishli qarori bilan (307-son, 18.05.2021 yil), Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali tashkil etildi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra:

  • Filialda taʼlim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi;
  • Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar, Amir Temur ko‘chasi, 27-uy manzilida joylashgan sobiq Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi 2-son akademik litseyining bino va inshootlari Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi;
  • kelgusi yillarda Filial uchun qo‘shimcha o‘quv binosi, 2 ta talabalar turar joyi binolari, sport inshooti quriladi;
  • Samarqand viloyati hokimligi Filial faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida faoliyat yuritish uchun jalb etiladigan malakali professor- o‘qituvchilarni belgilangan tartibda xizmat uylari bilan taʼminlaydi.