Yakuniy mandat natijalari e’lon qilindi


Yakuniy mandat e’lon qilindi

Natijalarni 4 xil usulda bilish mumkin:

- my.uzbmb.uz saytidagi “Natijani ko‘rish” bo‘limiga pasport seriyasi va raqami hamda JSHSHIRni kiritgan holda (shaxsiy kabinetdan ham bilish mumkin).

- mandat.uzbmb.uz saytiga qayd varaqa yoki ruxsatnomadagi abituriyentning ID raqami (7 xonali raqam)ni kiritgan holda.

- SMS xabarnoma xizmati orqali — 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami (7 xonali raqam)ni yuborgan holda (xizmat haqi mavjud).

- Oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladigan test natijalari qaydnomalari orqali.