Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi?


JAVOB: Hamma imtiyozlar hisoblangan, agar siz o‘qishga kira olmagan bo‘lsangiz, demak to‘plagan balingiz yetmagan.

Joriy yilda ham xotin-qizlar uchun maxsus 2 mingta qo‘shimcha davlat granti uchun joy ajratilgan (xalq orasida 4%lik grant deyiladi). Bu 2 mingta o‘rin hududlar hamda fanlar kesimida taqsimlangan.

‼️ Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanday ball qo‘shib bermaydi.

Ko‘pchilik xato tushunib, 4% ball qo‘shilishi kerak deb o‘ylagan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanday ball qo‘shilmaydi.

Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi.

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2024-yilgi o‘tish ballari yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmagan.

Izoh: Bu yerda siz topshirgan yo‘nalish qaysi fanlar guruhiga kirishi ham muhim. Afsuski, kvotalarning sohalarga taqsimlanishi tufayli ba’zi hududlarda 69 ball bilan ham grantga kirishgan, ba’zi joylarda esa 160 ball bilan ham tavsiya etilmagan.