O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar soni ma’lum qilindi


Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar soni to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hozirgi paytda 154 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Qo‘mita ma’lumotida aytilishicha, 2021/22-o‘quv yili boshiga respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar soni 808,4 mingtani tashkil etgan.

Qayd etilishicha, shundan talaba yigitlar soni – 439,4 ming nafarni, talaba qizlar soni esa – 369 ming nafarni tashkil qilyapti.