Super-kontrakt uchun chegirma olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi. Bu chegirma super-kontrakt to‘lovini oldindan to‘laydigan talabalar uchun yaxshi imkoniyatdir.
Super-kontrakt uchun chegirma olish shartlari:
- Chegirma foizi: 10%
- To‘lov muddati: 2024-yil 15-oktyabrga qadar
- Chegirma faqat kontrakt summasini to‘liq to‘lagan abituriyentlarga tatbiq etiladi.
Eslatma: Oldinroq super-kontrakt narxlari va shartnoma olish jarayoni haqida ma’lumot bergan edik.