Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari yuzasidan


1. Matematika fanidan test topshiriqlari aks etgan 1185323 raqamli test topshiriqlari kitobi diagnostik test sinovlariga taalluqli bo‘lib, 17-may kuni Qarshi shahridagi akademik litseylardan birining o‘quvchilari uchun buyurtma qilingan. Diagnostik test natijasiga ko‘ra talabgor 90,5 ball (280,5 balldan) to‘plagan. Mazkur test topshiriqlari kitobi 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarinig bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tegishli emas.


2. Kimyo fanidan test topshiriqlari aks etgan 1155745 raqamli test topshiriqlari kitobi 5-avgust kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalangani videokuzatuv orqali aniqlanib, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi" Nizomning 52-bandiga muvofiq test sinovidan chetlashtirildi.


3. Majburiy fanlar blokining O‘zbekiston tarixi va matematika fanlaridan test topshiriqlari aks etgan 1186266 raqamli test topshiriqlari kitobi 5-avgust kuni Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtib, tashqariga olib chiqqani uchun Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi" Nizomning 52-bandiga muvofiq test sinovidan chetlashtirildi.


4. Biologiya va kimyo fanlaridan test topshiriqlari aks etgan 1235875 raqamli test topshiriqlari kitobi 6-avgust kuni Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.