Abituriyentlar uchun duolar to‘plami


1 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan oliy o‘quv yurtlariga test sinovlari oldidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb portali abituriyentlar uchun duolar to‘plamini e’lon qildi.

“Talaba bo‘lish uchun astoydil harakat qilish talab etiladi. Binobarin, raqobat kuchli, yil sayin talaba bo‘lishni maqsad qilganlarning soni ortib bormoqda. Shu bilan birga, abituriyent Allohga tavakkul qilishi hamda ota-ona, ustoz va yaqinlarining duosi olishi ham lozim"
- deyiladi veb portalda.

Musulmonlar idorasi quyidagi duolarni chop etgan:

“Robbi yassir va la tu’assir. Robbi tammim bil-xoyri". Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin.

“Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ’uqdatan min lisani yafqohu qovliy" (Toho, 25-28). Robbim! (Bu qiyin vazifaga) bag‘rimni keng qilgin va ishimni oson qilgin hamda tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni (yaxshi) anglasinlar.

“Robbi zidni ilman va fahman". Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir.

“Muhimi, qalbda – ilm egallash hamda bu ilmi ila Vatani, xalqi, oilasi xizmatida bo‘lish niyati bo‘lsin. Ilm olish niyatda bo‘lgan barcha abituriyentlar imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishlarini Yaratgandan so‘rab qolamiz", deyiladi veb portalda.

Manba: sof.uz