Abituriyent ruxsatnomasini qanday olish mumkin?


Test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatmasi"ni tarqatish 2019-yil 20-iyuldan boshlanadi.

“Abituriyent ruxsatmasi"ni tarqatish quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Abituriyentlar 20-29-iyul kunlari Internet orqali DTM www.dtm.uz rasmiy veb-saytining “Ruxsatnomani chop etish" boʻlimidagi maxsus oynaga pasport (yoki tugʻilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqamini kiritadi.

Ekranda paydo boʻlgan “ABITURIYENT RUXSATNOMASI" va “ABITURIYENTGA ESLATMA"ni chop etib oladi.

2. www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan ruxsatnomasini 22-iyulgacha olmagan kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar 23-26-iyul kunlari quyidagi muassasalarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:

✓ yashash joyidan qatʼi nazar, ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;

✓ yashash joyidan qatʼi nazar, ixtiyoriy OTM qabul komissiyalari;

✓ yashash joyidan qatʼi nazar, ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari.

Ushbu tashkilot xodimlari www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib boʻyicha “Abituriyent ruxsatnomasi"ni abituriyentga chop etib beradi.

3. DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan ruxsatnomasini 25-iyulgacha olmagan sirtqi va kechki taʼlim shakllari boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar 26-29-iyul kunlari quyidagi muassasalarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:

✓ yashash joyidan qatʼiy nazar ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;

✓ yashash joyidan qatʼiy nazar ixtiyoriy OTM qabul komissiyalari;

✓ yashash joyidan qatʼiy nazar ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari.

Ushbu tashkilot xodimlari DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib boʻyicha “Abituriyent ruxsatnomasi"ni abituriyentga chop etib beradi.

Ruxsatnomalar barcha tashkilotlar tomonidan bepul chop etilib, tarqatiladi.

DTMni qanday olishni quyidagi video orqali ham ko`rishingiz mumkin: