Yuridikka kirish uchun qaysi fanni o‘qish kerak? IELTS nechchi bo‘lishi kerak?


Yuridik yo‘nalishlar uchun birinchi fan — huquq. Bu faqat Toshkent davlat yuridik universitetida emas, respublikadagi barcha yuridik kadr tayyorlovchi OTMlar uchun amal qiladi.

IELTS talabi ham yumshatilgan

2023-yilgi imtihongacha Toshkent davlat yuridik universitetiga IELTS balli yozish ko‘nikmasi kamida 5,5 ball bo‘lishi kerak edi. Bu talab olib tashlangan. Endi writing balli nechchi bo‘lsa ham, sertifikat darajasi B2 bo‘lsa, qabul qilinaveradi.