Yosh olim va talabalar uchun yangi mukofot joriy etildi


Xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoyev «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.

Qarorga muvofiq, yosh olim va talabalarga hamda tashabbuskor fuqarolarga mamlakatda innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun topshiriladigan «Innovatsion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda «Innovatsion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Manba: xabar.uz