O‘zbekistonda dunyodagi “Top-500"ga kiradigan chet el oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma o‘quv dasturi va “ikki diplomli tizim" joriy etiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Bundan tashqari, bio-texnologiya, sun’iy intellekt va boshqa yuqori texnologik yo‘nalishlarda yiliga 500 nafar iste’dodli yoshlar eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o‘qishga yuboriladi. Shavkat Mirziyoyevning ma’lum qilishicha, buning uchun 200 million dollar yo‘naltiriladi.
Kelgusi yetti yilda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun 1 milliard dollar ajratiladi.