Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul uzaytirildi


Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga hujjatlar qabuli 30 iyunga qadar uzaytirildi.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi xabariga ko‘ra, hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

  • tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
  • 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
  • baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
  • pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Qabul faqatgina yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun davom etadi. Prezident maktablari hamda ijod maktablariga o‘qishga hujjatlar qabuli yakunlandi.