6-sentyabr kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi «Yangi O‘zbekiston» universitetiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Imtihon davomiyligi 3 soatni tashkil etdi va ingliz tilida o‘tkazildi.
Cambridge Assessment tashkilotining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi Steve King imtihon jarayonlarida ishtirok etdi:
«Yangi O‘zbekiston» universitetiga kirish imtihonlari Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. Savollar maktab darsliklari asosida xalqaro standartlarga muvofiq tuzilgan. Savollarning qiyinlik darajasi yuqori va bu universitetga eng iqtidorli yoshlarning saralab olinishiga turtki bo‘ladi. Javoblar varaqasi Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan tekshiriladi. Natijalar sentyabr oyining oxiriga qadar e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan».