"Yangi O‘zbekiston universiteti"ga hujjat topshirishga oid savol-javoblar


"Yangi O‘zbekiston universiteti"ga hujjat topshirishga oid savol-javoblar


Universitet qanday o‘quv dasturlarini taqdim etadi?

Universitetda 5 ta fakultet, 19 ta yo‘nalish ochilishi rejalashtirilgan. 2021 yilda Universitetda Muhandislik oliy fakulteti ochiladi va ikkita yo‘nalish bo‘yicha dasturlar taqdim etiladi – Mexanika muhandisligi, Kimyo muhandisligi va Muhandislik fakulteti


Mahalliy abituriyentlar uchun tanlov mezonlari qanday?

Maktab / litsey / kollejni bitirganligini belgilovchi attestat/diplom yoki undan yuqori.

Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat:

  • TOEFL iBT 60 yoki undan yuqori
  • IELTS 6.0 yoki undan yuqori
  • Duo Lingo 95 yoki undan yuqori

Kirish imtihoni

  • Kimyo Muhandisligi fakulteti nomzodlari uchun: matematika va kimyo
  • Mexanika Muhandisligi fakulteti nomzodlari uchun: matematika va fizika
  • Dasturiy taʼminot muhandisligi fakulteti nomzodlari uchun: matematika va fizika


Kerakli hujjatlar

Onlayn arizaga quyidagi hujjatlar skanerdan o‘tkazilgan shaklda ilova qilinishi kerak:

  • yashash joyidan maʼlumotnoma hamda pasport;
  • maktab / kollej / litseydan diplom yoki litsey / kollej / litseydan o‘qishga kirganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS / TOEFL iBT / Duo Lingo)
  • Oxirgi uch oy ichida olingan 3.5 sm X 4.5 sm elektron rasm

Onlayn ariza topshirish uchun manzil: https://crm.newuzbekistanuniversity.uz/

Universitetda kontrakt to‘lovi miqdori qanday?

Mahalliy talabalar uchun kontrakt bir semester uchun:

  • Kimyo Muhandisligi - 24 850 000 so‘m
  • Mexanika Muhandisligi - 24 850 000 so‘m
  • Dasturiy taʼminot Muhandisligi - 24 850 000 so‘m