Bugun, 22-dekabr kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.
— Jurnalist oddiy emas, axborot-texnologiyani tushunadigan bo‘lsin! Ularni kim tayyorlaydi, albatta, davlat! Shu paytgacha tayyorladikmi? Sizlarda bunga javob yo‘q. Endi jurnalistika tizimini yo‘lga solamiz, bitta yangi universitet ochamiz, — dedi Prezident.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev xalq va hokimliklar o‘rtasidagi aloqani qayta tiklashni ta’kidlab, barcha sohadagi kamchiliklarni birma-bir sanab berdi.
Manba: xabar.uz