Yagona davlat testini yaratish taklif qilindi


“Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portalida yagona davlat testi haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

Bu g‘oyaning vazifasi shundaki, imtihon bir vaqtda bo‘ladi va o‘sha imtihonga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar bir emas, birdan 3-4 oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirishlari mumkin bo‘ladi. Bu yerda test ballari abituriyent tanlagan qaysi oliy ta`lim muassasasi ballariga tenglashsa, o‘sha ta`lim muassasasiga kiradi. Bu tizim xorijda, ayniqsa, Rossiya Federatsiyasida sinovdan o‘tgan. Yagona davlat testlarining ko‘plab ijobiy tomonlari bor, deyiladi murojaatda. 

“2019 yildan Yagona davlat testi orqali oliy ta`limga kirish imtihonlarini o‘tkazishni taklif qilamiz", - deb yozadi petitsiya muallifi.