Respublika maxsus komissiyasi nodavlat ta’lim tashkilotlarida ham qishki ta’til muddatini uzaytirish haqidagi taklifni ma’qulladi.
«Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining nodavlat ta’lim tashkilotlarida ham qishki ta’til muddatini 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirish bo‘yicha taklifi Maxsus komissiya tomonidan ma’qullandi.
Shu munosabat bilan, nodavlat ta’lim tashkilotlarida 2022 yil 24 yanvarga qadar o‘quv jarayoni tashkil qilinmaydi», deyiladi xabarda.
Avvalroq, davlat universitetlari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar, shuningdek davlat maktablarida ham qishki ta’til muddati 24 yanvarga qadar uzaytirilgandi.