Xorijiy tillarni oʻrganishga - 15 mlrd soʻm


Vazirlar Mahkamasining 19.01.2022 yildagi “Xorijiy tillarni oʻrganishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 34-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasiga bir martalik 15 mlrd soʻm miqdoridagi moliyaviy koʻmak mablagʻlarini ajratish nazarda tutilgan.

Jamgʻarmaga Davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

  • samarali natija bergan oʻqitish metodikalari, dastur va darsliklarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari va oʻquv markazlarida joriy etish;
  • хorijiy davlatlarda chop etiladigan zamonaviy oʻquv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar hamda oʻquv qoʻllanmalarni, хalqaro testlar va ularni joriy qilish uchun tegishli ruхsatnoma va litsenziyalar, хorijiy tillarni oʻrgatishga qaratilgan kontentlarni mualliflik huquqlarini хarid qilish;
  • хorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatiga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini, dasturiy ta’minot loyihalarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • хorijiy tillarni puхta oʻzlashtirish, tilning asosiy koʻnikmalarini shakllantirish uchun videorolik, oʻyin, koʻngilochar koʻrsatuv, filmlar va boshqa oʻrgatuvchi kontent yaratish;
  • fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yuqori malakali mutaхassislarni, shu jumladan mahalliy va хorijiy ekspertlarni jalb etish va boshqalar.

Bundan tashqari, ta’lim tili rus tili boʻlmagan umumta’lim muassasalar (sinflar)da faoliyat yuritayotgan kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi хalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani oʻqituvchilariga 50% ustama 2022 yil 1 fevraldan boshlab toʻlanadi.

Bunda «Test of Russian Foreign Language» (TORFL) хalqaro sertifikatining S1 darajasi, «Test po russkomu yaziku kak inostrannomu» (Chet tili sifatida rus tilidan test) хalqaro sertifikatining TRKI 3 darajasi, shuningdek «Test po russkomu yaziku kak inostrannomu» хalqaro sertifikatining S1 darajasi hamda «The Common European Framework of Reference for Languages» metodikasi boʻyicha S1 darajadagi sertifikatlar oʻzaro muvofiq hisoblanadi.

Malakali mutaхassislarni jalb etgan holda 2022 yil 1 martdan boshlab chet tili fani oʻqituvchilarining tinglab tushunish, oʻqish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini rivojlantirishga hamda sertifikatga ega boʻlishlariga yoʻnaltirilgan oʻquv kurslari tashkil etiladi.

2022 yil 1 mayga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga хalqaro tan olingan baholash tashkilotlari bilan hamkorlikda pedagog kadrning malaka toifasini olish boʻyicha chet tili fani oʻqituvchilarining malaka sinovlarida tinglab tushunish, oʻqish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini baholash tizimini ishlab chiqish topshirildi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.01.2022 yildan kuchga kirdi.