Xitoy «Ipak yo‘li» Xalqaro turizm universiteti negizida O‘zbekiston tarixi, madaniyati, san’ati va me’morchiligini o‘rganish uchun bir millionga yaqin o‘quvchi va talabalarni jo‘natishni rejalashtirmoqda.
Bu haqida universitet vakillari va tashkilot bosh kotibi Szyanbo Vu boshchiligi ostida United Nations Maritime and Continental Silk Road Cities Alliance Smart City and New Industry Committee (UNMCSR-SNC) delegatsiyasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davoida ma’lum bo‘ldi.
"O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘li markazlaridan biri bo‘lganligini Xitoyda hamma ham bilmaydi, shu sababdan biz Xitoyda imkon qadar ko‘proq odam bu mamlakat naqadar boy ekanligi haqida xabardor bo‘lishini istaymiz va aynan O‘zbekiston loyiha markaziga aylanishi lozim deb qaror qildik", – dedi Xaynan universiteti vakili Li Dzin.
Tashrifning ishchi dasturi Xitoy OTMlari bilan hamkorlik istiqbollarini muhkama qilishni, shuningdek, ilmiy va ta’lim faoliyatini rivojlantirish, do‘stlik munosabatlarini shakllantirish maqsadida memorandum imzolashni o‘z ichiga oladi.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, u Xitoy hukumatining fan va ta’lim sohasida «Bitta kamar, bitta yo‘l» keng miqyosli tashabbusini amalga oshirish doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida tuzilgan.
Memorandumda ko‘rsatilishicha, uning qatnashchilari akademik ayirboshlashga, professor-o‘qituvchilar tarkibi va bakalavrlar tayyorlash qo‘shma dasturlarini rivojlantirishga, ilmiy-tadqiqot tashabbuslari va tadqiqotchilik loyihalarini tashkil qilishga ko‘maklashadi.
Bundan tashqari, ular birgalikdagi seminarlar va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish, boshqa manfaatdor tomonlarni jalb qilgan holda innovatsion loyihalarni amalga oshirish, ikki tomonning diplom dasturlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadilar.
Kelgusida universitetda Xitoy tili markazi, shuningdek, xitoy tilini biladigan gid-ekskursovodlar tayyorlash markazi ochish rejalashtirilgan. Ikkala tomon umumiy maqsadlarga erishish uchun qiziqish uyg‘otadigan masalalar bo‘yicha o‘zaro aloqalar va qalin hamkorlik haqida ikki taraflama bitim qabul qildilar.
Manba: islamonline.uz