Mirobod tumanida fuqaroni 10 000 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Mirobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan D.A. fuqaro R.ga o‘zini O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligida ishlashini aytib, uni 10 000 AQSh dollari evaziga Qirg‘iziston Respublikasidagi xalqaro universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishga so‘ngra yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishini Toshkent Pediatriya institutiga ko‘chirtirib berishga ishontirib, shundan 8 000 AQSh dollarini muqaddam qo‘lga kiritib, qolgan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.