Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!!!


Super yangilik! Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!!!

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

Masalan, endi eng nufuzli 5 ta olimpiadada (IMO — matematika, IBO — biologiya, IChO — kimyo, IPhO — fizika, IOI — informatika) g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagicha mukofot pullari beriladi:

  • 1-o‘rin: 937 mln 500 ming so‘m (2500 baravar);
  • 2-o‘rin: 562 mln 500 ming so‘m (1500 baravar);
  • 3-o‘rin: 375 mln so‘m (1000 baravar).