O‘qishdan chetlatilgan talaba necha yil muddat ichida o‘qishni qayta tiklashi mumkin?


Bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha talabalar o‘qishini qayta tiklash — talabalar safidan chetlashtirilganligiga

- 5 yilgacha bo‘lgan muddatda shu oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida;

- 5 yildan 10 yilgacha muddat o‘tganda oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida;   

- 10 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa Idoralararo komissiya qarori bilan amalga oshiriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom.

Manba: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi