Toshkentdagi OTMga yangi rektor tayinlandi


Hukumatning tegishli qarori (№40, 24.01.2022 y.) bilan Mirzayev Bahodir Suyunovich «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti rektori etib tayinlandi.

U bunga qadar universitetning birinchi prorektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti deb qayta nomlangandi.

Institutning avvalgi rektori, iqtisod fanlari doktori, professor O‘ktam Umurzoqov o‘tgan yilning yozida vafot etgandi.