Prezidentning tegishli qarori loyihasiga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Toshkent dizayn va moda xalqaro universiteti ochiladi.
Ta’kidlanishicha, Universitetda ta’lim jarayonlari Parij xalqaro moda universiteti (Fransiya), Markaziy Lankshir universiteti (Buyuk Britaniya), Koreya politexnika universiteti (Janubiy Koreya), Yevropa dizayn instituti (Italiya) va boshqa nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro standartlar asosida tashkil etish choralarini ko‘riladi.
Qayd etilishicha, oliygohda 10 ta bakalavriat, shundan 3 tasi qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha, 6 ta magistratura mutaxassisligi, shundan 2 tasi qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Qurilish ishlari yakunlangunga qadar Universitet Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga vaqtinchalik bepul joylashtiriladi.
Shuningdek, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Toshkent shahri, A.Qaxxor ko‘chasi, 1A-uy manzilidagi talabalar turar joyi binosi Universitetga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.