Toshkentda fuqaroni 5 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi


Toshkentda fuqaroni 5 000 AQSH dollari evaziga institutga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.U. fuqaro X.ning ishonchiga kirib, uni 5 000 AQSH dollari evaziga Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da berib, shundan 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.