Jahon tajribasini hisobga olgan holda, oliy maʼlumotli raqobatbardosh, va yuqori malakaga ega mutaxassislarni tayyorlash, Respublikamiz iqtisodiyotining salohiyatini malakali kadrlar bilan to‘ldirish va taʼlim tizimida ilg‘or jahon standartlari va zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish uchun zarur bo‘lgan yuqori maʼlumotli pedagogik va boshqaruv kadrlarini tayyorlashni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi va “Diplomat university" masʼuliyati cheklangan jamiyatining Toshkent shahrida nodavlat asosda oliy taʼlim xizmatlarini ko‘rsatadigan “Diplomat university" oliy o‘quv yurtini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda.
Universitetga respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini hisobga olib, mehnat bozorining tez o‘zgaruvchan sharoitlarida yuqori malakali kadrlarning amaliy tayyorgarligini taʼminlash maqsadida, har yili, o‘quv yili boshlanishidan oldin, yangi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishga ruxsat beriladi.
Universitet Toshkent shahrining Matbuotchilar, Sayilgoh va Ota Turk ko‘chalari kesishmasida joylashgan binoda joylashtiriladi.