Toshkent temir yo'l muhandislari institutining maxsus sirtqi bo'limi


2017 yil 5 may kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida"gi Qarorida Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining maxsus sirtqi bo‘limida to‘lov-kontrakt asosida 80 nafar bakalavr tayyorlash belgilab qo‘yilgan.

Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limga talabalarni qabul qilish nazarda tutilgan:

  • 5310200 - Elektr energetikasi (10 ta)
  • 5310600 - Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (10 ta)
  • 5310700 - Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalar (10 ta)
  • 5311000 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (10 ta)
  • 5330200 - Informatika va axborot texnologiyalar (10 ta)
  • 5340200 - Bino va inshootlar qurilishi (10 ta)
  • 5340400 - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (10 ta)
  • 5340600 - Transport inshootlari ekspluatatsiyasi (10 ta)

Universitet kunduzgi bo‘lim qabul kvotalari bilan ushbu sahifada tanishib chiqing: TTYMI QABUL 2017

Maxsus sirtqi bo‘limning bu yilgi qabul kvotalari yuqorida berilgan har bir mutaxassislik uchun 10 tadan joy ajratilgan bo‘lib ularning barchasi to‘lov kontrakt asosida va faqatgina ta'lim tili o‘zbek tili bo‘lgan guruhlar uchun ajratilgan. Demak, "yevro" guruhlar uchun sirtqi ta'lim nazarda tutulmagan.

Maxsus sirtqi bo‘limda o‘qish 2017/2018 o‘quv yili uchun tasdiqlanadigan o‘quv dasturlari asosida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mo‘ljallangan.

Maxsus sirtqi bo‘limning ta’lim yo‘nalishlariga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yo‘nalishiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega hamda kamida uch yil temir yo‘l sohalarida amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, ishlab turgan temir yo‘l sohasidan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.