Toshkent kimyo-texnologiya institutiga yangi rektor tayinlandi


Manba bergan ma`lumotga ko‘ra, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov qaroriga ko‘ra, Shuhrat Ahmatjonovich Mutalov institutga rektor etib tayinlangan.

Mutalov bunga qadar institutda rektorning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

U uzoq yillar institutga rahbarlik qilgan Sadriddin Mahammadinovich Turobjonov o‘rnida ish boshlagan.

Bundan oldinroq Turobjonov Toshkent davlat texnika universitetiga rektor etib tayinlangani haqida ma`lum qilingandi.

Eslatib o`tamiz, Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2017-2018 o`quv yili uchun qabu kvotalari bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin:

TKTI 2017-2018 QABUL