Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga kirish uchun topshiriladigan hujjatlar to‘plami va kirish shartlari


TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali qabuli bo‘yicha maʼlumot:

  • o‘qish kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi; 
  • o‘qish muddati uch yil;
  • filialda o‘qitish davlat granti asosida amalga oshiriladi;

Qabul kvotasi yiliga 255ta, shundan o‘zbek guruhiga 230 nafar (210 nafar o‘g‘il bola, 20 nafar qiz bola ), rus guruhiga 25 nafar (20 nafar o‘g‘il bola, 5 nafar qiz bola). 

Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorga qo‘yilgan talablar:

  • yoshi 18 yoshdan kichik va 25 yoshdan katta bo‘lmaslik;
  • bo‘yi erkaklar uchun 165 santimetrdan va ayollar uchun 160 santimetrdan past bo‘lmaslik;
  • sudlanmagan bo‘lishi;
  • jismonan sog‘lom bo‘lishi.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • Pasport nusxasi (aslini ko‘rsatgan holda); 
  • O‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa);
  • Umumiy o‘rta taʼlim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan birga)ning asl nusxasi;
  • Asli ko‘rsatilgan holda harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (chaqirilish muddati uzaytirilgan holda) nusxasi yoki harbiy guvohnoma nusxasi;
  • Doimiy propiska joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘y parametri ko‘rsatilgan holda);
  • 3.5x4.5 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurat (bosh kiyimsiz);
  • Sudlangan yoki sudlanmaganlik holati bo‘yicha maʼlumotnoma (Davlat xizmatlari markazidan).