Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 oktyabrdagi 677-son qaroriga tegishli qo‘shimcha kiritilgan.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining yo‘llanmalari hamda TDYUU qoshidagi akademik litsey tavsiyanomalari asosida kirish test sinovlarisiz yakka tartibdagi suhbat natijalariga ko‘ra TDYUU bakalavriatiga o‘qishga kirgan yuridik texnikumlar va akademik litseyning bitiruvchilariga (abituriyentlarga) grantlar ajratilishi mumkin (ilgari faqat to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati mavjud edi).
Mazkur grantlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ajratiladi.