Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo'limi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida" 2017 yil 5 maydagi PQ-2955-son qaroriga muvofiq universitet maxsus sirtqi bo‘limiga quyidagi ta’lim yo‘nalishlari uchun kvotalar ajratilgan:

  • 5350200 -Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar", “Telestudiya tizimlari va dasturlari") – 25 nafar;
  • 5330500 - Kompyuter injiniring (“Kompyuter injiniring", “AT-servis", “Multimedia texnologiyalari") – 25 nafar;
  • 5350500 - Pochta aloqasi texnologiyasi – 50 nafar.

Abituriyent universitet qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yo‘qligi, harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uning raqamini va tanlangan ikkinchi oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishini ko‘rsatishlari hamda test sinovlarini o‘tkazish qoidalari va javoblar varaqalarini to‘g‘ri to‘ldirish bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  • pasport nusxasi;
  • 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
  • mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma;
  • tavsiyanoma.

Tavsiyanoma

5350200 -Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar", “Telestudiya tizimlari va dasturlari") va 5330500 - Kompyuter injiniring (“Kompyuter injiniring", “AT-servis", “Multimedia texnologiyalari") ta’lim yo‘nalishilariga hujjatlarni topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yo‘nalishiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, tavsiyanoma berish O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

5350500 - Pochta aloqasi texnologiyasi ta’lim yo‘nalishiga hujjatlarni topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yo‘nalishiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, tavsiyanoma berish “O‘zbekiston pochtasi" AJ tomonidan amalga oshiriladi.