ToshDAUda baliqchilik yo'nalishi bo'yicha sirtqi bo'lim ochiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 yilda baliq mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3505 sonli qarori imzolandi.

Jumladan, baliqchilikni ilmiy asosda tashkillashtirish, O‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmini innovatsion texnologiyalarni keng jalb etish yo‘li bilan oshirish, baliqchilik sohasida ozuqa bazasini kengaytirish, baliqni ovlab tutishni tashkillashtirish, baliqchilik xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ularni aylanma mablag‘lar bilan ta`minlash singari sohani rivojlantirish uchun ustuvor vazifalar belgilab olinmoqda.

Qarorga ko‘ra, baliqchilik sanoatini rivojlantirish uchun Xitoy, Vetnam, Indoneziya va boshqa davlatlardan tajribali xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi. 

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti va uning Nukus filialida baliqchilik ta`lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi bo‘lim ham ochiladi.