To‘rtta oliy o‘quv yurtiga yangi rektorlar tayinlandi


Mamlakat oliy ta’lim tizimida kadrlar o‘zgarishi yuz berdi - to‘rtta pedagogika oliy o‘quv yurtiga yangi rektorlar tayinlandi.

Tegishli qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.

Bungacha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Pedagogik kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish boshqarmasini boshqarib kelgan Maqsudjon Yo‘ldoshev Jizzax pedagogika universiteti rektori bo‘ldi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Toshkenboyev Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent filiali ijrochi direktori etib tayinlandi.

Bungacha Alfraganus universitetining menejment va marketing kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelgan Mash’al Saidov Shahrisabz pedagogika instituti rektori etib tasdiqlandi.

Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali direktori lavozimida ishlab kelgan Sherzod O‘roqov Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga rahbarlik qiladi.